Yaponiya prefekturalaridan birida aholi evakuatsiya qilinmoqda, hududda to‘fon kutilmoqda

Yaponiya janubi-g‘arbidagi Miyazaki prefekturasidagi Nichinan shahrining 17 ming aholisini evakuatsiya qilish e’lon qilindi, deb xabar berdi NHK.

Yaponiyada yaqinlashib kelayotgan 4-“Aere” to‘foni keltirgan soatiga 37 millimetr yoqqan yomg‘ir va ko‘chki xavfi kuchayishi evakuatsiyaga sabab bo‘ldi. Hududda beshdan to‘rtinchi xavf darajasi e’lon qilingan bo‘lib, xavfsiz joyga evakuatsiya qilish tavsiya etilgan.

Tayfun janubdan shimolga past tezlikda harakat qilmoqda. Bu esa uning ta’sirini uzaytiradi. Seshanba kuni Kyusyu orolining g‘arbiy uchiga yetib borgach, u yo‘nalishini o‘zgartirib, seshanba, payshanba kunlari Tokioga yaqinlashadi. To‘fonning kuchayishi haqida ma’lumot yo‘q.