Yaponiya va Filippinda zilzila ro‘y berdi
- 07.02.2021 12:38
- 234
- Xorij
Yaponiyaning g‘arbiy qismida joylashgan orol qirg‘og‘ida 5,4 balli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi AQSh Geologik xizmati.
Zilzila mahaliy vaqt bilan 17:36 (Toshkent vaqti bilan 22:36) da qayd etildi. Zilzila epitsentri Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Yonaguni orolidan taxminan 38 kilometr shimoli-g‘arbda bo‘ldi. O‘chog‘i 107,7 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Hozircha qurbonlar va sunami haqida ma’lum qilinmagan.
Shuningdek, Filippinda ham 6.3 balli zilzila ro‘y berdi.
Mamlakatning Vulkonologiya va seysmologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning janubiy qismida bugun mahalliy vaqt bilan 12:22 (Toshkent vaqti bilan 9:33)da ro‘y berdi.
Zilzila epitsentri Janubiy Davao viloyatining Magsaysay shahridan olti kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. O‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allikni kamaytirishda nimalar muhim?
- Kecha, 20:01
- Iqtisodiyot
Bugun shoir Nodir Jonuzoq tug‘ilgan kun
- Kecha, 19:56
- Mutolaa
Yur, chiqaylik sayrga, do‘stim...
- Kecha, 18:39
- Mutolaa
Dunyo neft bozoridagi asosiy dengiz arteriyalari
- Kecha, 18:33
- Xorij