Yaponiyada yetti yil ichida birinchi marta elektr energiyasini tejash rejimi joriy etildi
- 01.07.2022 15:00
- 56
- Xorij

Yaponiya hukumati uy xo‘jaliklari va korxonalarni yozda iste’molni oqilona qisqartirishga chaqirib, energiya tejash rejimini joriy qildi.
Buning sababi, g‘ayritabiiy jazirama sabab, mamlakatning deyarli barcha hududlarida energiya zaxirasi koeffitsiyenti bor-yo‘g‘i 3,7 foiz (tang holat - 3 foiz) ni tashkil qilmoqda.
Mamlakatda g‘ayritabiiy issiq dushanba kunidan boshlandi. Shu kunlarda bir qator hududlarda rekord - 40 darajagacha harorat qayd etildi. Eletr tarmoqlari yuklanishga arang dosh beryapti. Hukumat hisob-kitobiga ko‘ra, agar yoz shunday davom etsa, Tokio, Shimoliy Xonsyu va boshqa hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qiyinchiliklarga duch keladi.
Shuningdek, energiya resurslari narxining oshishi – “toza” energiya turiga o‘tish yo‘lida issiqlik elektr stansiyalari qisqarishi ham elektr energiyasi ta’minoti barqarorligida muammolar keltirmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand