Yaponlarning 32 foizi 2021 yil Olimpiada o‘tkazilishiga qarshi
Yaponlar 2021 yilda Tokio Olimpiadasining o‘tkazilishiga qarshi ekanliklarini bildirishdi. Mamlakatda ushbu g‘oyani qo‘llovchilardan ko‘ra, qarshilar ko‘pligini telefon orqali o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlardan ham bilsa bo‘ladi, deya xabar beradi NHK.
Yaponlarning 27 foizi o‘yinlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlasa, 32 foizi qarshi. Respondentlarning 31 foizi o‘yinlar boshqa vaqtga yana ko‘chirilishi kerak, deb hisoblaydi.
Qayd etilishicha, dekabr oyida o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rovda yaponlar Olimpiadani o‘tkazish tarafdori bo‘lishgan - respondentlarning 40 foizi bunday qarorni qo‘llab-quvvatlagan.
Kanal joriy so‘rovni 11-13 dekabr kunlari 2,1 ming nafar 18 yoshdan kattalar orasida o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda koronavirusning yangi turi tarqalishining rekord ko‘rsatkichlar kuzatildi: dushanba, 14 dekabr kuni 1,6 mingdan ortiq yangi holat aniqlanib, jami 183 mingni tashkil etdi, o‘lim - 2,6 mingdan ortiq.
Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari 2021 yilga qoldirilgani 24 mart kuni ma’lum bo‘lgan edi. O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi direktori Xaruyuki Takaxasi Olimpiya o‘yinlarini yana keyinga qoldirish ehtimolini bildirdi. Shu bilan birga, u o‘yinlarni to‘liq bekor qilish mumkin emasligini ta’kidladi. Chunki bu Yaponiya va dunyo iqtisodiyotiga katta zarba bo‘ladi.