Yaqin besh yil ichida issiq rekord darajaga ko‘tariladi
- 27.05.2021 15:39
- 155
- Dolzarb
Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Meteorologik xizmat idorasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar kelgusi besh yilning kamida birida issiq rekord darajaga yetishini ko‘rsatdi.
Tadqiqotga ko‘ra, "2021-2025 yillarda kamida bir yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lishi ehtimoli 90 foizni tashkil etdi", deyiladi BMT saytida.
Shunday qilib, issiq yilda harorat 2016 yil ko‘rsatkichlaridan oshib ketadi. Ta’kidlanishicha, jahon o‘rtacha yillik harorati selsiy bo‘yicha 1,5 industrial darajaga ko‘tariladi.
"Harorat ko‘tarilishi muzlarning tez erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi, ekstremal ob-havo sharoitini keltirib, oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liq, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga ta’sir etadi", dedi JMT bosh kotibi Petteri.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa