Yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol qo‘lga tushdi
- 17.04.2020 22:29
- 345
- Jinoyat va jazo
14 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.D. yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilib, T.X. va T.M.larni jinsiy aloqa qilishi uchun 350.000 so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Teglar:
fohishaxona
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!