Yashirin ma’noga ega logotiplar

Brendlar va kompaniyalarni osongina tanib olishga yordam beradigan bu tasvirlar o‘zlarining rang-barang shakllari va ramzlari ortida chuqur ma’no va maxfiy xabarlarni yashirgan haqiqiy san’at asarlari bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada mualliflari ularda biz taxmin qilmagan belgilar va havolalarni yashirgan mashhur logotiplarni ko‘rib chiqamiz.

Makdonalds

Logotipdagi oltin darvozalar "M" harfini ifodalashini hamma biladi. Ko‘pchilik bu harffaqat kompaniya nomidan kelib chiqib, logotipga kiritilganiga ishonishadi. Bu mutlaqo noto‘g‘rifikr. G‘oyaga ko‘ra, arkalar Makdonalds brendiga ega bo‘lishni “oltin kon”ga egalik qilish bilan solishtirish mumkinligi ma’nosini anglatadi. Bundan tashqari, oltin arklar muvaffaqiyatli biznesga kiruvchi darvozani ifodalaydi.

«Vaio»

Ushbu kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniya logotipini ko‘rgan odam uning nomini bunday g‘ayrioddiy tarzda yozish g‘oyasini kim o‘ylab topganekan, deb savol berishi tayin. Dasturlash tili nuqtai nazaridan logotipning dastlabki ikkita harfi analog signalni ifodalovchi to‘lqinga,qolgan ikkitasi esa raqamli signalning 1 va 0 belgilariga o‘xshaydi.

VAIO qisqartmasi, shuningdek, Video Audio Integrated Operation» (video va audio bilan ishlash uchun o‘rnatilgan dastur) degan ma’noni anglatadi. Uning tarixi 1996 yilda Sony kompaniyasi Yaponiyada ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlar yo‘nalishini qayta tiklashga qaror qilgan paytga borib taqaladi.

Amazon

Yorqin va esda qolarli logotipga ega Amazon veb-sayti dunyodagi eng yirik onlayn-do‘kondir. Odamlar undagi strelkani tabassumga yo‘yishadi.Aslida bu logotip ham yashirin ma’noga ega. E’tibor qilsangiz, undagi tabassum - bu ingliz alifbosi tartibidagi birinchi "a" va oxirgi "z"harfigacha bo‘lgan chiziq. Boshqacha aytganda, logotip bizga bu tabassum orqali kompaniyada A dan Ya gacha sotiladigan hamma narsa borligiga ishora qilyapti.

Toyota

Ushbu kompaniya logotipi uchta ovaldan iborat ekanligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, ularning orqasida chuqur ma’no borekan. Markazdagi ikkita perpendikulyar ovallar mijoz va Toyota o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarni anglatib, bu kombinasiya "Toyota" so‘zining birinchi harfi - "T" ramzini keltirib chiqardi. Fon vazifasini bajaradigan bo‘shliq esa kompaniyaning cheksiz salohiyatini ifodalaydi.

Fedeks

Bir qarashda, bu butun dunyo bo‘ylab kuryerlik xizmati bilan shug‘ullanadigan kompaniya nomini ko‘rsatadigan juda oddiy logotip bo‘lib tuyuladi. Diqqatni jalb qilish uchun logotip yorqin ranglarda chizilgan. Undagi "ye" va "x" harflariga diqqat bilan qarasangiz, ular ustidagi oq strelkani ko‘rasiz. Shu tarzda Fedeks yetkazib beruvchi o‘z xizmatlarining tezligi va aniqligini reklama qiladi.

Tur de Frans

Tur de Franc - Fransiyada yuz yildan ortiq vaqtdan beri o‘tkazib kelinayotgan dunyodagi eng mashhur va nufuzli velosiped poygasi. Bunday mashhur va jonli sport musobaqasi mana shunday ajoyib logotipga ega. Undagi sariq doira yoz quyoshiga o‘xshashi bilan birga, velosipedning ikkinchi g‘ildiragini tasvirlaydi. "Tur" so‘zidagi "R" harfi esa velosiped haydayotgan sportchi ko‘rinishida ifodalangan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.