YHX xizmati xodimlari Yangi yil bayramiga tayyormi?

Samarqand shahar Islom Karimov ko‘chasida joylashgan Birinchi Prezidentimiz haykali oldida viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar, shuningdek, Yangi yil bayrami kunlari turli ko‘ngilsizliklarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Unda YHXB shaxsiy tarkibining xizmat kiyim-boshini kiyib yurish qoidalariga qay tartibda amal qilishlari, kundalik xizmat davomida olib yurilishi zarur bo‘lgan jihozlar va boshqalar tekshiruvdan o‘tkazildi.

Xizmat intizomini mustahkamlash va kasbiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan tadbir davomida patrul avtomobillari ham texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ayrim juz’iy kamchiliklar bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.