Yo‘lovchi tashish transporti: Qattiq nazorat zarur

Biz “Sharq taronalari” musiqa festivali arafasida turibmiz. Samarqand shahrida transport xizmati qay ahvolda, ayniqsa yo‘lovchi tashish transporti? Samarqandga ko‘plab xorijiy mehmonlar tashrif buyurishadi, festivalga ular xush kayfiyatda keladi. Biz-chi, biz ularni nima bilan kutib olamiz? Yo‘lovchi tashish transportida, afsus, haligacha madaniyatsizlik hukm surmoqda. Yollanma chiptachilar shortik, mayka va shippaklarda jamoat transportini sharmanda qilyapti. So‘nggi vaqtlarda avtobuslarda 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ishlayotgani kuzatilmokda. Ehtimol, bular xaydovchilarning farzandlaridir, biroq O‘zbekistonda bolalar yollanma mehnatiga chek qo‘yilganku. Barcha rahbarlar ushbu qonunbuzarlik haqida juda yaxshi bilishadi, ammo bu holatga ko‘z yumishda davom etishmoqda.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz bizlar uchun shinam va qulay avtobuslar ishlab chiqarishmoqdalar, haydovchilar esa mexaniklar bilan birgalikda, iloji boricha ko‘proq yo‘lovchi sig‘dirish niyatida, salondan o‘rindiqlarni olib tashlamoqdalar. Misol uchun № 37, 132-yo‘nalishidagi avtobuslarda  bironta ham ikki kishilik o‘rindiq yo‘q, huddi shu fikrni 51, 52 yo‘nalishiga nisbatan ham aytsa bo‘ladi. Har bir avtobusning salonida yo‘nalish sxemasi, xizmat ko‘rsatayotgan ekipaj haqida ma’lumot osilib turgan bo‘lishi kerak. Ammo bularning o‘rniga bizlar yuvilmagan oynalarni, rasvo salonni guvohi bo‘lamiz. 

Taras KARIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi faxriy avtomobilchisi.

("Samarkandskiy vestnik"dan olindi.)