Yo‘nalishsiz taksi haydovchisi maxsus kombinezon, tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi lozim
Samarqand viloyati transport boshqarmasi nazorat bo‘limi inspektorlari tomonidan avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash, yo‘nalishsiz taksilarda karantin talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Unda asosan:
✅ yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi;
✅ haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi;
✅ yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tqazish;
✅ avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hududda harakatlanishi;
✅ haydovchi maxsus kombinezonda, tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi lozimligi holatlari ko‘zdan kechirilmoqda.
Yuqoridagi talablar ijrosi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli yo‘lovchilar, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang!
Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.