YPX inspektori qidiruvdagi shaxsni ushladi
Joriy yilning 11 fevral kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIB YHXB YPX inspektori M.Sharifboyev belgilangan dislokatsiya bo‘yicha tuman hududida “Avtokon” moslamasi bilan xizmat olib borayotgan vaqtida “Neksiya 3” rusumli transport vositasini to‘xtatgan.
Inspektor haydovchi bilan mavjud qarzdorlik bo‘yicha suhbat olib borayotgan vaqtida, avtomashina salonidagi o‘zini g‘alati tutgan yo‘lovchiga e’tibor qaratgan. Yo‘lovchi inspektorda shubxa uyg‘otgan va fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tuman IIBga olib borilgan.
Yo‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman IIBda komp’yuter bazasiga kiritilganida inspektor shubhasi to‘g‘ri ekanligi oydinlashgan.
Yo‘lovchi A.O.ga nisbatan Toshkent viloyati, Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik)ning 3-qismi “b” bandiga asosan jinoyat ishi ochilib, unga nisbatan 2019 yil 20-dekabr kuni qidiruv elon qilinganligi ayon bo‘lgan.
Endi YPX inspektorining hushyorligi sabab qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs qonun oldida o‘z qilmishlari uchun javob beradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.