YNISEF: O‘zbekistonda 70% bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydi
O‘zbekistonda 1.6 million nafar yoki maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan. Bu haqda BMT bolalar masalalari bo‘yicha bo‘limi YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasiga tayanib gazeta.uz ma’lum qilayapti.
YuNISEF mutaxassislari tayyorlagan hisobot mualliflarining yozishlaricha, O‘zbekistonda yosh bolalarning MTMga yetarlicha jalb qilinmayotganining asosiy sababi, joylarda bog‘chalar yetishmayapti.
Qolaversa, hali oldinda maktabgacha ta’lim muassasasi uchun malakali tarbiyachi kadrlar yetishmovchiligi ham bor.
YuNISEF o‘z hisobotida O‘zbekistonda bolalarni MTMga jalb etish darajasini ko‘tarish, MTMlar uchun malakali tarbiyachi kadrlarni ko‘paytirish tavsiyalarini bergan.
"Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalangan bolalar, maktabgacha ta’lim muassasalariga bormagan bolalarga nisbatan aqliy va jismoniy jihatdan har taraflama rivojlangan bo‘ladilar. Bu esa bolalarga maktab davrida bilim olishga, ulg‘ayganda hayotda munosib o‘rnini topishga yordam beradi", deyiladi hisobotda.