Zerikarli suhbatni ham jonlantirishga yordam beradigan qiziqarli faktlar

Har qanday kompaniyani qiziqtirishning eng yaxshi usullaridan biri, bu bir nechta noyob, hayajonli faktlarni aytib berishdir. Shu bilan birga, bu ham qiziqarli suhbatni boshlash, fikr yuritish va umuman, boshqa qiziqarli narsalarni o‘rganishning ajoyib usulidir.

Shuning uchun AdMe.ru  siz uchun qiziqarli faktlarni to‘pladi.

Eynshteyn prezident bo‘lishi mumkin edi

1952 yilda Isroil prezidenti vafotidan keyin mamlakat bosh vaziri Eynshteynga prezident lavozimini taklif qildi. Olim bu taklifdan juda ta’sirlandi, lekin taklifni rad etishga qaror qildi va Men uchun matematik tenglamalar muhimroq, chunki siyosat hozirgi kun uchun, tenglamalar esa abadiylik uchun”, degan javobni aytdi.

Qadimda sirg‘alar faqat erkaklar bezagihisoblangan

Qadimgi misrliklar uchun sirg‘alar yuksak martababelgisi bo‘lib, ularni qirol oilasi a’zolari, ruhoniylar va juda boy odamlar taqishi mumkin edi. Dengizchilarga ekvatorni kesib o‘tgandan keyingina sirg‘a taqishga ruxsat berilgan. Shuningdek, sirg‘a ularga har qanday qovoqxonada bir krujka ichimlikni bepul olish huquqini bergan. Qaroqchilar qulog‘idagi har bir teshik bitta talon-toroj qilingan kemani anglatgan. Askarlar tumor va uyni eslatuvchi bezak sifatida sirg‘a taqib yurishgan.

Tugmalar burun oqishidan himoya

Erkaklar kurtkalarining klassik modellarini ko‘rib chiqqan odam, yengining old qismidagi bir nechta tugmachalarni ko‘rishi mumkin, endilikda ularga dekorativ element sifatida qaraladi. Lekin ilgari ular juda aniq maqsad uchun yengga qadalgan.

Napoleon Bonapart har bir askar kiyimining yengiga bir qator tugmalar tikishni buyurdi. Shu ayyorlik bilan u askarlarning o‘z yengiga burunlarini artish kabi yomon odatini yo‘qotdi.

Sog‘liq uchun zararsiz GMO

“GMO hech kimning sog‘lig‘iga zarar keltirmaydi”- ta’kidlaydi AQSh Milliy muhandislik fanlari va tibbiyot akademiyasi olimlari. Ular GMOning tanaga hech qanday zarar keltirmasligini aniqlashga yordam beradigan ko‘plab tadqiqotlarni o‘tkazishdi.

“Aslida, GMO deb ataladigan narsa o‘z bog‘ingizda yetishtirilishi mumkin bo‘lgan meva yoki sabzavotlardir. Yagona farq shundaki, genetik modifikasiyalar yordamida u zararkunandalardan himoyalanadi va yaxshi sharoitda o‘sadi”, deb tushuntiradi tadqiqotchilar. Demak, biz yirtqich Frankenshteynga aylanmaymiz, chunki biz salat yeyayapmiz.

Tanasida nori (xoli) ko‘p bo‘lgan odamlar boshqalarga qaraganda uzoqroq yashaydi

London Qirollik kolleji olimlari 900 juft ko‘ngilli ishtirok etgan tadqiqot o‘tkazdi. Hujayralar va to‘qimalarni o‘rgangan olimlar ularning holatini tanadagi norlar soni bilan solishtirdi. Ma’lum bo‘lishicha, badanida 100 dan 400 tagacha xoli bo‘lgan odamlarning tanasi tanalarida hech qanday dog‘ bo‘lmaganlarning to‘qimalari va organlaridan ko‘ra sezilarli darajada yoshroq bo‘lgan.

Mandarinlar ham qarishni sekinlashtiradi

Qarishni sekinlashtirishning yana bir usuli - mandarinlarni tez-tez iste’mol qilishdir. Mandarin pulpasida toksinlar va chiqindilarni tanadan olib tashlashga yordam beradigan ko‘p miqdordagi antioksidantlar mavjud. Ular terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi va shu bilan ajinlar va dog‘larni kamaytiradi. Mandarinlar, shuningdek, charchoq va tashvishlarni yengillashtiradigan ajoyib antidepressantlardir.

Shifokorlarning tushunarsiz yozuvi tufayli har yili 7000 kishi vafot etadi

Shifokorlarning o‘qib bo‘lmaydigan husnixati har yili 7000 dan ortiq odamni o‘ldiradi, shuningdek, noto‘g‘ri sotib olingan dorilar 1,5 million bemorga zarar yetkazadi. Bu Milliy Fanlar akademiyasi Tibbiyot instituti (IOM) tomonidan taqdim etilgan faqat Qo‘shma Shtatlar bo‘yicha shakllangan statistik ma’lumotlardir.

Berndagi “Inselspitalklinikasi ham o‘z tadqiqoti natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Unda aytilishicha, shifokorlarning tushunarsiz qo‘l yozuvi bemorlarning 25 foiz o‘limiga sabab bo‘lgan, 4 foiz hollarda esa bu yozuvlar mutlaqo o‘qiy olinmagan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.