“Zirabuloq paxta tozalash zavodi”dan qariyb 1,5 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirilgan
- 15.12.2020 19:55
- 189
- Iqtisodiyot
Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, “Zirabuloq paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatidan Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limida ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining qaroriga asosan bankdagi qarzdorga tegishli hisob-raqamga band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddilarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Ijro hujjati bo‘yicha “Zirabuloq paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyatidan Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 milliard 300 million so‘m soliq qarzdorligi undirilgan.
Teglar:
qarzdorlik
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- 20 daqiqa avval
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Bugun, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Bugun, 16:30
- Dolzarb