Bulung‘urda “Bulung‘ur” suv ombori qurilishiga kirishildi
- 11.04.2019 14:09
- 834
- Samarqand
Ayni kunda bu yerda «O‘zmaxsussuvqurilish» davlat korxonasi, «Zarafshonmaxsussuvqurilish», «Boyovutdavsuvmaxsuspudrat», «Yozyovonmaxsussuvqurilish» davlat unitar korxonasi kabi o‘nlab suv qurilishi korxonalarining 100 ga yaqin ekskovator va buldozerlari yer qazish va tekislash ishlarini boshlab yubordi.
- Prezidentimiz shu yil 11 yanvarda viloyatimizga amalga oshirgan tashrifida ushbu suv omborini qurish taklifini bildirgandi, - deydi «Samarqandsuvqurilishinvest» davlat unitar korxonasining birlashgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Berdimurodov. - Loyihaviy hajmi 100 million metr/kubni tashkil etadigan mazkur suv ombori uchun suv olish manbaini asosan qish mavsumida Bulung‘ur tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanallar hamda sel oqimi oqibatida hosil bo‘ladigan suvlar tashkil etadi. Qurilish ishlari 2021 yilda tugallanadi. Suv omborining ishga tushirilishi bilan Ishtixon, Payariq va Bulung‘ur tumanining 35,8 ming gektar suvli va lalmi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon-fermerlari uzluksiz suv bilan ta’minlanadi.
Akram BO‘RIYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 38 daqiqa avval
- Dolzarb