Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bog‘cha qozonida “qaynayotgan” gul boshqa joyga ko‘chirildi

2019 yil 10 avgust kuni saytimizda “Bog‘cha qozonida gul “qaynatiladimi?” sarlavhali tanqidiy maqola berilgan edi.

Unda Qo‘shrabot tumanidagi 4-son maktabgacha ta’lim muassasasidagi tartibsizliklar, bolalar hayoti uchun xavfli holatlar mavjudligi haqida so‘z borgandi.

Maqolaga tuman hokimligi tomonidan munosabat bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilib, muammolar o‘rganilgan. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilib, maktabgacha ta’lim muassasasi va uning atrofidagi mavjud muammolar bartaraf etilgan. Bog‘cha hovlisi obodonlashtirilgan, shuningdek, quduq va yerto‘la atrofi chiqindilardan tozalanib, bolalar xavfsizligi ta’minlangan. Bino ichkarisi ham tartibga keltirilib, eshiklarning ta’mirtalab tutqichlari, derazalarning singan oynalari almashtirilgan.