Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

10 yilda agrar sektorda nima o‘zgaradi?

Prezidentimizning 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning keyingi 10 yilga mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.

Endilikda barcha tarmoqdagi klasterlarni rivojlantirishning va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati baholanadi, agrosanoat markazlari tarmoqlari bazasida yagona savdo tizimi joriy etiladi. Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali o‘g‘itdan foydalanishning samarali tizimi joriy etilib, yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasi zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilinadi.

Tajriba tariqasida fermerlar uchun yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yondosh yer uchastkalari sifatida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni integratsiyalash dasturi amalga oshirilib, suv resurslarini boshqarish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Barcha hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlari, qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish va monitoring qilish tizimlari joriy etiladi.

Prezidentimizning mazkur farmoni asosida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari A.Nurqulov tomonidan keyingi 10 yillikda agrar sektorda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangandi. Ammo bir necha bor murojaat qilishizga qaramasdan viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasidan farmon asosida viloyatimizning qaysi hududlarida nima ishlar amalga oshirilishiga arniqlik kiritolmadik.

O‘.XUDOYBERDIYEV.