Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

106 yil o‘tib, “Padarkush” yana teatr sahnasida

Samarqandda Turkiston jadidlar harakati asoschisi, atoqli jamoat arbobi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, viloyat musiqali drama teatrida ijodiy uchrashuv va bayram tomoshasi tashkil etildi.
Mazkur dargohda 1914 yilning 15 yanvar kuni yosh ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy sa’y-harakati bilan ilk bor adibning “Padarkush” dramasi sahnalashtirilib namoyish etilgan va Samarqand viloyati drama teatriga asos solingan. Bugungi namoyishda sahnaga chiqib kelgan Behbudiy obrazi zaldagilarga o‘sha mashhur iborani yana bir karra yodga soldi: “Teatr bu oynadir, teatr ibratxonadur....”
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyorlari tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasidan parchalar ijro etildi.