Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2 nafar “abituriyent” test sinovlariga birovning o‘rniga kirishga urindi

Kecha va bugun kunning birinchi yarmida oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun test topshirishi kerak bo‘lgan 9180 nafar abituriyentning 209 nafari imtihonlarda qatnashmadi.

Bu vaqtda 4 nafar abituriyent shpargalkadan foydalangani hamda 2 nafar “abituriyent” birovning o‘rniga test topshirishga harakat qilgani uchun imtihondan chetlashtirildi. Shuningdek, 5 nafar abituriyent binoga kirishning talab va qoidalarini buzgani uchun test sinovlariga kiritilmadi.

Darvoqe, har kuni test topshirayotgan abituriyentlar o‘z ballarini ertagayoq cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib bilishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentning ota-ona va yaqinlari ular test 2019.uz sayti orqali Samarqand shahridagi hamda respublikamizning barcha viloyatlaridagi test jarayonlarini on-layn kuzatib borishi mumkin. Buning uchun test 2019.uz ga kiriladi va viloyat belgilanib, kerakli bino tanlanadi.