Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

60 ta avtobus urgutliklarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘lga otlandi

Olis qishloqlardan tumanlar markazlarigacha yo‘nalishlarda aholiga zamonaviy transport xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida “Avtotransport Urgut” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

Korxonaga Transport vazirligi va bank krediti mablag‘lari hisobidan 60 ta ’’Isuzu’’ rusumli avtobuslar sotib olindi.

Tuman aholisining jamoat transportlariga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilib, qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘lovchi 12 ta, Samarqand shahriga 5 ta yo‘nalish tashkil etildi.

Bugun mazkur yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar Samarqand shahridan Urgut tumani qishloqlari tomon yo‘l oldi.

Shu munosabat bilan Ko‘ksaroy maydonida tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, urgutliklarni, xususan, yangi ishga qabul qilingan haydovchilarni tabrikladi.