Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning 90 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Bu yil bahor talabalar hayotida o‘zgacharoq, yanada mazmunliroq kirib keldi. Bayramlar bayramlarga, tadbirlar tadbirlarga ulanmoqda. Yoshlar quvonchi cheksiz, ularga berilayotgan imkoniyat va e’tibordan mamnun.

O‘zbek adabiyotining darg‘alaridan biri, buyuk adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning 90 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. 12 mart kuni Guliston davlat universitetida ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda filologiya fanlari nomzodi, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev, taniqli yozuvchi Sobir O‘nar, shoiralar Go‘zal Begim, Oydinniso va boshqalar ishtirok etib, talabalarga Ozod Sharafiddinov haqidagi xotiralarini so‘zlab berdilar.

Talabalar buyuk olimning hayotida ro‘y bergan qiziqarli va ibratli voqealar asosida sahna ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi. Videolavhalar namoyishi ham yoshlarning Ozod Sharafiddinov hayot yo‘li haqida to‘liqroq tasavvur hosil qilishi uchun ayni muddao bo‘ldi.

Oydin tayyorladi.