Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshdi

Afg‘onistonda so‘nggi kecha-kunduzda 414 nafar koronavirus infeksiyasi bilan yangi kasallanganlar aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umummiy soni 6053 nafarga yetdi. Bu haqda 15 may kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, koronavirus oqibatida so‘nggi kecha-kunduzda 17 nafar bemor vafot etgan. Mamlakatda COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 153 nafarni tashkil etmoqda, 745 nafar bemor tuzalgan.