Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Amir Temur vorislari” jamoasi poytaxtda bellashadi

Samarqand shahridagi Vatanparvar mahallasida umumta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Temurbeklar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy harbiy okrug, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta jamoa “Mohir mergan”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish”, “Minalashtirilgan hududda harakatlanish” kabi 9 ta shart bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Murosasiz kechgan musobaqada Urgut tumanidagi 85-umumta’lim maktabning “Amir Temur vorislari” jamoasi g‘olib, deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Samarqand shahar 65-umumta’lim maktabining “Xolbokor” hamda Bulung‘ur tumani 8-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.