Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuz bergani haqidagi xabarlar rostmi?

Bugun tunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlar yuzasidan kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi:

"Bugun tungi soat 01:00 larda Andijon shahri Soy ko‘chasida joylashgan “Andijonmash” korxonasi hududida joylashgan tekstil korxonasining tom qismida yong‘in yuz bergan. Yong‘in sabablari bizga ma’lum emas.

Asaka avtomobil zavodi hududida hech qanday yong‘in yuz bermaganini rasman ma’lum qilamiz", deyilgan kompaniya xabarida.