Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasining “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi charter reysi amalga oshirildi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Turkiyaning "Atlasglobal Airlines" aviakompaniyasi "Grand Atlas Discovery" kompaniyasi ko‘magida “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter reysini amalga oshirdi.

Ushbu reysda 120 nafar yo‘lovchi ishtirok etib, Samarqand xalqaro aeroporti zalida tantanali ravishda kutib olindi. Turkiya vakili Ihsan Kurt ushbu charter reysning Istanbul va Samarqand uchun muhimligini ta’kidladi.

Istanbuldan tashrif buyurgan Go‘zal Soliyeva Samarqandga ilk safari ekanligini va bu bilan ushbu tarixiy shaharning me’moriy obidalari, o‘zbek xalqining an’analari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega ekanini mamnuniyat bilan bildirdi.

Kelgusi yilning mart oyidan boshlab “Atlasglobal Airlines” har hafta Samarqandga bir marotaba charter reysini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu sa’y-harakatlar kelgusida Turkiyadan Samarqand viloyatiga yanada ko‘proq sayyohlar oqimini jalb etishga yordam beradi.