Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayden Trampni inauguratsiyasiga taklif etdi

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden raqibi, Oq uyning amaldagi rahbari Donald Trampni inauguratsiyasi (davlat rahbari va boshqa bir qator mansabdor shaxslarning vazifasiga kirishish tantanali marosimi)ga taklif qildi. Bu haqda u CNNga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Shaxsan unga Tramp marosimda paydo bo‘lish-bo‘lmasligi ahamiyatsiz. «Biroq, bu ramziy ma’noga ega bo‘lib, raqib tomonlar qo‘l qisishib oldinga harakat boshlanganini ko‘rsatib tursa, hukumat tinch yo‘l bilan topshirilganini, betartiblik tugaganligini anglatar edi”, deya qo‘shib qo‘ydi Bayden.

AQShning navbatdagi prezidentining qasamyodi 2021 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

2 dekabr kuni Bayden bilan Amerika Qo‘shma shtatlari Prezidenti sifatida o‘zining birinchi muvaffaqiyatini g‘ururlanib aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning yana bir muddat prezident bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagani, mamlakat uchun juda yaxshi bo‘ldi.

3 noyabr kuni AQShda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovozlarni hisoblash, shuningdek, ushbu masala bo‘yicha tekshiruv va muhokamalar bugungi kungacha davom etmoqda. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan ovozni olgan va shu tariqa Trampni ortda qoldirgan. Demokrat allaqachon o‘zini AQShning saylangan prezidenti, deb e’lon qildi. Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olmay, raqibini "yirik firibgarlikda" ayblamoqda.