Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Belgiyada chorva mollarini islomiy so‘yish (halol) taqiqlandi

1 sentyabrdan boshlab Belgiyaning Vallonsk mintaqasida chorva mollarini Islom, shuningdek, Yahudiylikda mavjud bo‘lgan normalar bo‘yicha so‘yishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Yil boshida shunday qonun Belgiyaning Flamandsk mintaqasida joriy etilgan edi. Oldinroq, yahudiy va musulmon jamoalarining noroziligiga qaramasdan, Flandriyada shunday qilingan edi.

Yevropa Ittifoqining ko‘pgina mamlakatlarida molni pichoqlashdan oldin uni tok bilan o‘ldirish majburiyati joriy etilgan. Endilikda butun Belgiya mazkur qonunni federal qonunchilikka kiritish harakatida.

Yevropaning diniy e’tiqodga qarshi qonunchilik ishlab chiqilishiga qarshi  harakatlar olib boradigan Yevropa kengashi ushbu qonunlarning qabul qilinishi borasida chuqur tashvish bildirdi.