Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Beshta muhim tashabbus Oqdaryodagi muassasalarda qanday tadbiq etilyapti?

Oqdaryo tumanida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan “5 ta muhim tashabbus - ma’naviy yetuk barkamol shaxs kafolati” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha o‘zlari tayyorlab kelgan ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida bolajonlar Vatan, ona hamda baxtli bolalikni tarannum etuvchi she’rlar aytdi, qo‘shiqlar kuyladi, sport chiqishlari namoyish etdi.

Tadbirda Oqdaryo tumani hokimi F.Abilov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

- Bunday ko‘rgazmalarni tashkil etilishi bolalarning dunyoqarashini o‘stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ularni har tomonlama kamol topgan holda maktab ta’limiga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi, - dedi F.Abilov.