Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxonachini urgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Chumchuqlijar» chegara bojxona postida ayol F.K. (1963 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilgan, bosh qismi va yuziga urib, tan jarohati yetkazgan.

Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.