Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chet eldan olib kelinayotgan yurtdoshlarimizga samolyotda xavfsizlik choralari ko‘rilganmi?

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

- Chet eldan olib kelinayotgan yurtdoshlarimizga samolyotda xavfsizlik choralari ko‘rilganmi? Ular yo‘l davomida kasallikni yuqtirib olmaydimi?

- Shuni unutmaslik kerakki, ularning barchasi koronavirus kasalligini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Ular epidemik noxush hududdan, kasallik o‘chog‘idan kelishayapti. Demak, biz ularning barchasini “potensial” zararlanganlar deb qarashimiz kerak.

Samolyot salonida har bir odam uchun alohida salafan/plenkalar bilan ajratilgan o‘rindiqlarni qilish mushkul. Chunki salon ichida, o‘rindiqlar orasida yurish yo‘lagida zarurat yuzasidan yo‘lovchilar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ekipaj a’zolari ham harakatlanadi.