Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Epidemiya avj olgan Italiyada qancha o‘zbekistonlik borligi ma’lum qilindi

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a’zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo‘lib turilibdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

O‘zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi studenti v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochildi. Konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020 yil 6 mart kuni ertalabki holatga ko‘ra, Italiyada O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixonaning ma’lum qilishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa ko‘chirildi. Italiyaning qator yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatga tashriflari qoldirildi.

So‘nggi bir kun ichida Italiyada 2019-nCoV koronavirusi oqibatida 41 kishi vafot etib, mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 148 kishiga yetdi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq kishi kasallangan.