Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov: Yangi yil bayrami - mehnatimizning sarhisobi, g‘alvirni suvdan ko‘tarish, ezgu rejalarni belgilash jarayoni ham

Ushbu bayram tadbirlarini tashkil etishga ana shu nuqtai nazardan yondashaylik.

Bayram arafasida mehnat jamoalari, o‘quv muassasalari, mahallalarda yil davomidagi o‘zgarishlarni aytib, ibratli kishilarni rag‘batlantirsak, yangi rejalarni aytsak, bu ish odamlarga yangicha kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Yangi yil archasi atrofidagi ko‘ngilochar davralarda taniqli san’atkorlar, ijodkorlar qatorida obro‘li kishilar va turli tanlov g‘oliblarining qatnashishi ham bayramga fayz bag‘ishlaydi.

Yana bir taklif: barcha soha va tashkilotlar rahbarlari o‘z jamoasida eng yaxshi bezatilgan bino, ko‘cha, uy tanlovlarini o‘tkazsa. Aytaylik, “Eng yaxshi bezatilgan bank”, “Eng chiroyli maktab”, “Eng chiroyli shifoxona” va hokazo. Bunday tanlovlarga tayyorgarlik jarayonida qanchadan-qancha obodonlashtirish va dizayn ishlari bajariladi, jamoa jipslashadi. Bunday ishlarni OAVda berib borish esa odamlarning kayfiyatini ko‘taradi.

Misol uchun, Past Darg‘omda yillar davomida “reja”da qolib ketgan va abgor ahvolga kelgan Xoncharvoq, Chimboyobod yo‘llarining asfalt qilinishi shu qishloqlar aholisi uchun bayram qilishga arzimaydimi?

Umuman, tumanda keyingi 10 yil ichida 110 kilometr, Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida shu yilning o‘zida 150 kilometr yo‘lga asfalt yotqizilgan.

Bunday misollarni har bir tumandan keltirish mumkin.