Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimovga bu gal Samarqand shahrida qancha murojaat tushadi?

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov bugun – 26 aprel kuni Samarqand shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Bundan avval, 2018 yil 14 oktyabr kuni Sartepa maskanida viloyat hokimining qariyb olti soatlik sayyor qabulida fuqarolardan 300 ga yaqin murojaat tushgan edi. Bugun qancha murojaat bo‘lar ekan?

Hozirgacha, E.Turdimovning sayyor qabullarida eng ko‘p murojaat shu yilning 19 fevral kuni Payariq tumanida (602 ta) qayd etilgan.

Sayyor qabulga Samarqand shahri aholisi bilan birga boshqa tuman va shaharlardan ham murojaatchilar kelgan.