Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiya va Rossiyada COVID-19 tasdiqlangan holatlar 2 milliondan oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 55 million 928 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 344 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 56 million 898 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 360 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 11,249 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (8,958 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (5,911 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (2,027 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda Rossiya (2,015 milliondan ortiq).