Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hayit bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ko‘pchilik o‘tgan 2 yil davomida Hayit bayramlari arafasida 3 kun dam olgani uchun, yana shunaqa bo‘larmikin, degan ma’noda savol bermoqda, deb yozmoqda uquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Ammo joriy yilgi Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlarida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.

Ya’ni:

Ertaga 23 may, shanba kuni - odatdagiday 5 kunliklar dam oladi, 6 kunliklar ishlaydi;

24 may, yakshanba kuni - odatdagiday hamma dam oladi. Hayit bayrami yakshanba kunga to‘g‘ri kelgani uchun 2 ta dam olish kuni bir kunda o‘tib ketadi;

25 may, dushanba kuni - odatdagiday barcha xodimlar uchun ish kuni.