2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash taklif etilmoqda

«2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmon loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi:

2 sentyabr — payshanba;

3 sentyabr — juma.

2021 yilda dam olish kuni 27 mart — shanba 22 mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

2021 yil 2 yanvar — shanba, 4 sentyabr — shanba va 22 mart — dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Shuningdek, loyihada belgilanishicha, byudjet tashkilotlarida qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Farmon loyihasi 28 oktyabrgacha muhokama qilinadi.