Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jinoyatchilikni jilovlashni boshlagan tashkilotlar

2019 yil 1-mart kuni Samarqand viloyati "Yoshlar markazi"da  O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, viloyat hokimligi voyaga yetmaganlar idoralararo komissiyasi hamkorligida  "Jinoyatchilikni jilovlaymiz" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligiga asosan sud zalidan ozod qilingan yoshlar, Ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar hamda Samarqand shahridagi tarbiyasi og‘ir o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan 64-sonli  maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. 

Shuningdek tadbirda "Biz-yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga viloyat IIBning esdalik sovg‘alari va kitoblar sovg‘a qilindi.