Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kitoblik bemor koronavirusdan vafot etmagan

1963 yilda tug‘ilgan fuqaro N.O. Kitob tumanida yashagan. U joriy yil 9 may kuni yurtimizga qaytib kelgan va 10 may kuni Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan avval u jigar sirrozi tashxisi bilan davolangan.

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shu yilning 31 may kuni yuborilgan surtma namunalarining takror tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhum bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. U yondosh kasalliklar tufayli vafot etganligi ma’lum bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa-da, qat’iy sanitariya qoidalariga ko‘ra, marhum bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga olingan fuqarolar ma’lum muddat tibbiy kuzatuvda bo‘lishadi.