Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Yoshlarga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha Samarqand viloyatdagi kasb-hunar ta’limi muassasalarida badiiy uchrashuvlar, kitobxonlik tadbirlari va sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Samarqand agroiqtisodiyot kollejida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi tashkil etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Bobur Shavkatov, 2-o‘rin  Laziza Qosimova hamda 3-o‘rin Sitora Hasanovaga nasib etdi.

G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xuddi shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand hamda Paxtachi pedagogika  kollejlari va Chelak transport kasb-xunar kollejida ham o‘tkazildi.