Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla kafilligi jazoni yengillashtirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudi bir necha bor mayda o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan R.Shukurov ishini ko‘rib chiqdi.

Aniqlanishicha, R.Shukurov 2019 yilning 9 may kuni soat 00:30 larda Paxtachi tuman Guliston mahallasida yashovchi G.E.ning yashash uyiga yashirincha kirib, u yerdan “Samsung” rusumli televizor, changyutgich kabi 2 million 250 ming so‘mlik mol-mulkni olib chiqib ketgan.

Tergov-surishtiruv jarayonida R.Shukurov bundan oldin ham mayda o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etgani aniqlandi.

Sud majlisida sudlanuvchini aybiga iqrorligi va qilmishidan chin dildan pushaymonligini bildirdi. Shuningdek R.Shukurovni Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini ham o‘z kafilligiga oldi. Shu sababli unga Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asosan, oylik ish haqidan 20 foiz miqdorida davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

A.Akramov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Paxtachi tuman sudi raisi.