Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Samarqand viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Berdialiyev Sodiqjon Alijonovich Samarqand viloyatida sayyor qabullar olib boradi.

Xususan, joriy yilning 15 may kuni Majburiy ijro byurosining Samarqand tumani bo‘limi binosida - Samarqand shahri, Samarqand, Toyloq, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun;

16 may kuni Narpay tuman bo‘limi binosida - Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Pastdarg‘om, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlari aholisi uchun sayyor qabullar o‘tkazadi.

Uchrashuvda Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi.

Tadbir davomida, aholi tomonidan o‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Ma’lumot uchun: Sayyor qabul soat 10:00 dan 16:00 ga qadar davom etadi.

 

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.