Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Manfaat tantanasi:fuqaro bozordagi kamchiliklarni aytdi, mas’ullar buni rad etdi. Kim haq?

Tahririyatimizga Kattaqo‘rg‘on tumani Yangihayot mahallasida yashovchi Bahodir Rizayevdan kelgan shikoyat xatida Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Dehqon” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi tartibsizlik, yoz faslida chang, qishda esa loy bo‘lib ketishini bildirgan. Xatda keltirilishicha, don mahsulotlari sotiladigan savdo rastasida kiyim-kechak savdosi bo‘ladi, dehqonlar mahsulotini tashqarida sotadi, bozordagi tartibsizlikdan mashinalar ichkarida turadi, narxlar esa oshirib yuborilgan. Oddiy aholi esa bozor rastalari bo‘sh tursa-da bozor tashqarisida mahsulotini sotishga majbur bo‘lmoqda.

Ushbu murojaatni tegishli tartibda o‘rganish uchun Kataqo‘rg‘on shahar hokimligiga yubordik. Kattaqo‘rg‘on shahar xokimligi vakili A.Samatov, shahar SEO vakili K.Nazarov, «Dehqon» MChJ raisi I.Ilyasovlar imzosi bilan yuborilgan javob xatida quyidagilar bildirilgan:

Joriy yilning 25 sentyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Yangihayot mahallasi Hokimoqsoqol qishlog‘i 105-uyda yashovchi fuqaro Rizayev Bahodirga shahar xokimligi vakili A.Samatov qo‘ng‘iroq qilib, uning murojaatini o‘rganishda qatnashish uchun taklif etganda u bozorga kela olmasligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng murojaatchi ishtirokisiz xatda keltirilgan vajlar o‘rganilganda bozorda dukkakli (don) mahsulotlar sotiladigan savdo pavilonida kiyim-kechaklar sotilish holati aniqlanmadi. Mol go‘shti 55-60 ming so‘m, tovuq go‘shti  16 500 so‘m, kartoshka 3000-3500 so‘m, piyoz 950-1500 so‘mgacha sotilayotganligi aniqlandi. Go‘sht mahsulotlarida davlat veterinariya xodimlari tomonidan berilgan xulosalar mavjud. Non va non mahsulotlari bozordagi hojatxonalardan 30-40 metr uzoq masofaga joylashtirildi va tadbirkorga sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi uqtirildi.