Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Menga sovrin muhim emas!

Yaqinda «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining «bong.uz» sayti ishga tushdi. Hamkasblarimning tezkorligi, maqolalar salmog‘i ortayotganidan xursand bo‘ldim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko‘p ulashgan ham o‘zim bo‘lsam kerak. Chunki bugungi kunda sayt tashkil etib, uni tanitish oson ish emas. Buni hamkasblarimiz yaxshi bilishadi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardagi hamkasblarimiz orasida «Jamiyat» gazetasi qancha tanish bo‘lsa, saytning ham ommalashishi, nazarimda, tezlashdi. Bir necha kun o‘tmay sayt o‘zining birinchi tanlovini e’lon qildi. Yuz ming so‘m pul g‘olibga! Tanlov shartlarini bajarib, do‘stlarimga ulashdim (podelitsya qildim). Shu kunlarda ham vertual, ham hayotdagi do‘stlarimdan birini uchratib qoldim. Gapdan gap chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda faolligimdan gapirdi. Kasbimiz taqozosi ekanini aytdim. Uning keyingi gapi boshimdan muzdek suv quygandek bo‘ldi: «Yuz ming so‘m pul uchun «podelitsya» qilib o‘tirma!» Men ham joyidan oldim. «Qimor o‘ynaganim, ichimlikning qopqog‘idan sovrin izlaganim yo‘q-ku!»

Men tanlovda g‘olib bo‘lish uchun ishtirok etmadim. Bu tahririyatda mening qadrdonlarim bor. Gazeta chiqarib, uni elga tanitish oson emas. Ayni paytda ashaddiy obunachilar ham majburiy obuna mumkin emas emish, deb biqinib o‘tirishgan zamonda. Menga qolsa, har bir insonni nimadir o‘qishga majburlar edim. Qaysidir nashr aholining qo‘liga yetib borib, varaqlab ko‘rsin, o‘qisin, mulohaza qilsin. (Endi bu alohida mavzu). Xullas, tanlovga ishonmaganlar ishonmasin, qo‘shilmaganlar qo‘shilmasin. Lekin bugungi kunda nashrlarning sayti ishlab turgani yaxshi. Shu boisdan «Jomboy tongi» tuman gazetasini, «Do‘stlik bayrog‘i», «Zarafshon» kabi viloyat nashrlarini  bugun respublikada  yaxshi bilishadi, tanishadi. Kerak bo‘lsa, muhokama qilishadi. Buning uchun og‘ir karvon bo‘lib, uzoqni ko‘zlab yo‘lga chiqqan yutadi.

Kuni kecha sayt yana tanlov e’lon qildi. Tabiiyki turli munosabatlar bo‘ldi. Mening esa munosabatim shu: Menga sovrin muhim emas, do‘stlarim afzalroq. 

Manzura ShAMS.