Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Noqonuniy olib o‘tilayotgan sovuq qurollar to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘shni mamlakatdan yurtimizga piyoda kirib kelgan fuqaro R.N. o‘zi bilan olib kelgan qo‘l yuklarida taqiqlangan va deklaratsiyalanadigan tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgan bo‘lsada, biroq bojxona nazorati jarayonida bu narsa tamoman aksi bo‘lib chiqdi.

Ushbu shaxsning sumkasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 115 dona pichoq va kastet borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.