Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘qishga kiritib qo‘yaman" degan yana bir shaxs qo‘lga olindi

2020 yil 1 iyul kuni Samarqand viloyat IIBga 1995 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.B. ariza bilan murojaat qilib, o‘zini Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘qituvchisi deb tanishtirgan “J” ismli shaxs ushbu institutning veterinariya texnik muxandisi fakultetiga o‘zining tanish mansabdor shaxslari orqali o‘qishga kiritish evaziga 5000 AQSh dollari mikdordagi pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, “J” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 2 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1983 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan X.J. ariza muallifidan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmat.