Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi.

OO‘MTV axborot xizmatining xabar berishicha, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya’ni 91 foizini ish xaqi va stipendiya to‘lovlari tashkil etishi inobatga olinib, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati respublikadagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘landi va unga nisbatan karra barobarida belgilangan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori (oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda joriy o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun o‘zgarishi mumkin.

Shu munosabat bilan 2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlariga o‘zgartirish kiritilganda, qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.