Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi joriy yil yanvar-iyul oylaridagi inflyasiya ko‘rsatkichlaridan 4,3 foiz yuqoridir.

Bu 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarni, 687 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni, 210 mingdan ortiq boquvchisini yo‘qotgan shaxslarni pandemiya davrida moddiy qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Bunda, o‘rtacha pensiya miqdori 764 ming so‘mdan 841 ming so‘mgacha oshadi.

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori amaldagi 466 680 so‘mdan 513 350 so‘mgacha ko‘payadi.

Shuningdek, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga (7 yil) ega bo‘lmagan, hayoti davomida Pensiya jamg‘armasiga umuman badal to‘lamagan 37,5 ming nafar keksa fuqaroga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mgacha oshiriladi.