Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston telekanallarida Kushon imperiyasi tarixiga oid film namoyish etiladi

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon qo‘lyozmalarida” loyihasining ijodiy guruhi “Buyuk Kushon imperiyasi: bu haqida hali aytilmagan” yangi hujjatli filmi s’yomkalari uchun Hindistonga yo‘l oldi, deb xabar qilyapti uzbektourism.uz. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Film Kushon imperiyasining tarixi haqida so‘zlaydi. Unda Kushon xonligining eng gullab-yashnagan, noyob gandxar madaniyati shakllangan davriga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, O‘rta Osiyo va Hindiston hududlarida yashagan xalqlarning madaniy va iqtisodiy aloqalari diqqat markazida bo‘ladi.  Hindistondagi s’yomkalar lokatsiyasi Hindiston Milliy muzeyi, Matxura muzeyi, Agru muzeyi va boshqa madaniy-tarixiy ob’yektlarni o‘z ichiga oladi. Hindistonning kushonshunos olimlari ilk marta o‘zbek tomoshabinlari uchun Kushon sivilizatsiyasi sir-asrorlarini ochadi.