Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritgan qahvaxona rahbarining ishi sudga oshirildi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 2020 yil 9 maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Qushbegi 1-tor ko‘chasi 21-uyda joylashgan “GOURMET RESTAURANT” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “QANOTCHI” qahvaxonasi karantin talablariga rioya etmasdan, o‘zboshimchalik bilan faoliyat yuritgani aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Holat yuzasidan zudlik bilan Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Toshkent shahar vakilining 2020 yil 10 maydagi kelishuvi asosida tekshiruv amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yig‘ilish bayoniga zid ravishda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, ushbu korxonaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Qahvaxona rahbari A.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Yakkasaroy tumani Ma’muriy sudiga kiritilmoqda.