Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Parcha chandirlik fuqaro 446 ming so‘mni nega to‘laydi?

Parcha Chandir mahallasi keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, shu bilan birga viloyatdagi ko‘pgina tashkilotlarda ancha “tanilib” qoldi. Negaki, mahalla faollari, xususan, rais va kotibning xatti-harakatidan norozi bo‘lib yozilgan arizalar biri ko‘rib chiqilmasdan navbatdagisi ro‘yxatga olina boshladi.

Ana shunday murojaatlar mualliflaridan biri yaqinda o‘zining qilmishlari uchun sud oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi. Chunki, u mahalla raisini o‘zi vazifasiga noloyiq, deb hisoblab, bunga raisning bir beva ayol bilan ishqiy munosabatlarda ayblaydi.

Isboti, dalili bo‘lmasdan tarqatilgan bunday gap-so‘zlar uchun, tabiiyki, mahalla raisi uni sudga beradi.

Albatta, qachon ko‘rgansiz, murojaatchi o‘zining nohaq ekanligini tan olganini. Raisni ma’nan buzuq, deb bilgan fuqaro sud majlisida bunday gap tarqamaganman, degan ko‘rsatma bergan. Biroq guvohlarning ko‘rsatmalari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan majlis bayoni va boshqa dalillarga asosan sud bu fuqaroni aybdor deb topdi.

Sud mahalla raisi to‘g‘risida turli ig‘vo tarqatgan fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari, ya’ni 446 ming so‘m jarima jazosi tayinlab, davlat foydasiga undirilishini belgiladi.

Qissadan hissani o‘zingizga qoldiramiz.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.